«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi
15 avgust 2024, 14:36

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”.

O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar
14 avgust 2024, 16:51

O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi.

Qirqqa yaqin tadbirkor orden va medallar bilan taqdirlandi
14 avgust 2024, 10:55

Qirqqa yaqin tadbirkor orden va medallar bilan taqdirlandi

Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini, jumladan, 37 kishini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularga “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari va “Kelajak bunyodkori” hamda “Shuhrat” medallari berildi (ro‘yxat).

Bo‘sh turgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
13 avgust 2024, 20:50

Bo‘sh turgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Prezident kollej va texnikumlardagi to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga bevosita ijaraga berilishini aytdi. Tushgan mablag‘lar binolarni ta’mirlash va jihozlar sotib olishga sarflanadi.

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda
13 avgust 2024, 08:44

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda

O‘zbekiston aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektorni jalb etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu masalani o‘rganib, takliflar kiritishni topshirdi. Bugungi kunda aholining qariyb 47 foizi suyultirilgan gaz oladi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
12 avgust 2024, 16:20

“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. “Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik… Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”, — dedi u.

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
9 avgust 2024, 21:17

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar
9 avgust 2024, 17:58

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?

Prezident O‘zbekistonga tashrifi keyinga qoldirilgan Yaponiya bosh vaziri bilan qo‘ng‘iroqlashdi
9 avgust 2024, 17:06

Prezident O‘zbekistonga tashrifi keyinga qoldirilgan Yaponiya bosh vaziri bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. U mamlakatda kutilayotgan sunami yuzasidan xavotir bildirdi va Yaponiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini kechiktirish qarorini “to‘liq tushunishini” bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi
9 avgust 2024, 15:36

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.

“Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlarimizga bog‘liq” — Shavkat Mirziyoyev
9 avgust 2024, 15:27

“Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlarimizga bog‘liq” — Shavkat Mirziyoyev

“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish”ga tayyorlikka bog‘liq.

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi (foto)
8 avgust 2024, 17:21

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi (foto)

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Qosim-Jomart Toqayev buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi. Foto.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi
8 avgust 2024, 14:32

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi

Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidentiga “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini topshirdi. Bu mukofot Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shganlik uchun beriladi. Foto.

Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar
5 avgust 2024, 21:29

Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar

Prezidentga raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Energetika, aeroport xizmatlari va boshqa sohalardagi 17 turdagi davlat monopoliyalarini tugatish kutilmoqda. Ruxsatnomalar va litsenziyalar majburiy sug‘urtaga almashtiriladi, tabiiy monopoliyalar sohasida mustaqil regulyatorlar paydo bo‘ladi.

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
5 avgust 2024, 14:31

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
31 iyul 2024, 11:53

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident 7−8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Prezident dzyudochi Diyora Keldiyorovani Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
29 iyul 2024, 06:17

Prezident dzyudochi Diyora Keldiyorovani Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dzyudochi Diyora Keldiyorovaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Sportchi o‘zining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
26 iyul 2024, 12:12

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?
24 iyul 2024, 12:04

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga to‘ldi. Davlat rahbari matbuot kotibining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.

Tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga beriladi
19 iyul 2024, 22:58

Tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga beriladi

Prezident daromadi past hududlarda kredit, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini o‘rganishni buyurdi, shuningdek, rejani bajarish uchun biznesni qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashga majburlayotgan mas’ullarni tanqid qildi. Endi imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting